MAFTUNINGMAN” FILMINING O‘ZBEK KINO SAN’ATI TARIXIDAGI O‘RNI
Yuklab olish|Download|Скачать

How to Cite

Sabina Zakirova, and Gulchehra Iskandirova. “MAFTUNINGMAN” FILMINING O‘ZBEK KINO SAN’ATI TARIXIDAGI O‘RNI”. World Scientific Research Journal 52, no. 1 (June 10, 2026): 327–330. Accessed July 15, 2026. https://openresearch-hub.com/index.php/wsrj/article/view/2368.

Abstract

XX asr o‘zbek kinematografiyasi tarixida 1950-yillarning ikkinchi yarmi nafaqat mafkuraviy "iliqlik" davri, balki kinematografik tilning tubdan yangilanish bosqichi bilan ham xarakterlanadi. Stalinistik davr kinosiga xos bo‘lgan soxta ulug‘vorlikdan individual insonga, uning ichki tuyg‘ulari hamda kundalik hayot estetikasi sari burilish yuz berdi. Bu burilishning vizual va musiqiy cho‘qqisi, shubhasiz, rejissyor Yo‘ldosh A’zamovning 1958-yilda tasvirga olingan “Maftuningman” musiqiy komediyasidir.

“Maftuningman” badiiy filmi milliy kinematografiyamizda tasvir imkoniyatlarini kengaytirish, xususan, ranglar jozibasidan unumli foydalanish borasidagi ilk muvaffaqiyatli qadam bo‘ldi. Kino nazariyasida texnik imkoniyatlarning kengayishi shunchaki mexanik jarayon emas, balki ijodiy tafakkurning, tasviriy tilning yangi bosqichga ko‘tarilishi sifatida baholanadi. Rejissyor Yo‘ldosh A’zamov hamda tasvirchi Mixail Krasnyanskiy hamkorligi samarasi o‘laroq, filmda rang voqelikni shunchaki aks ettiruvchi vosita emas, balki asarning ichki dramaturgiyasini ta’minlovchi yetakchi omilga aylandi.

Yuklab olish|Download|Скачать

References

1. Abul-Qosimova, X. O‘zbek kinosi tarixi. Toshkent: Fan, 1985.

2. Akbarov, X. Yigirma rejissyor. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1981.

3. Teshabayev, J. O‘zbek kinosi: an’ana va novatorlik. Toshkent: Fan, 1978.

4. Mirzaahmedova, M. O‘zbek musiqiy filmining kinodramaturgiyasi. Toshkent: San’atshunoslik instituti to‘plami, 1994.