Abstract
Kirish. Oʻzbek romanchiligi milliy adabiyot taraqqiyotida alohida oʻrin tutadigan, jamiyat tafakkuri va inson ruhiyatini chuqur badiiy talqin qilish imkoniyatiga ega boʻlgan yetakchi janrlardan biridir. Roman janri orqali muayyan davrning ijtimoiy manzarasi, tarixiy xotirasi, ma’naviy qadriyatlari va shaxsning ichki kechinmalari keng va koʻlamli tasvirlanadi. Har bir tarixiy bosqich romanchilik oldiga yangi estetik talablar va mazmuniy vazifalarni qoʻyadi. Xususan, mustaqillik davridan boshlab oʻzbek romanchiligida mavzu, gʻoya va badiiy shakl jihatidan sezilarli yangilanish jarayoni kuzatilmoqda. Yozuvchilar voqelikni yangicha badiiy tafakkur asosida yoritishga, inson shaxsini murakkab ruhiy olami bilan tasvirlashga intilmoqdalar. Mazkur maqolada oʻzbek romanchiligining yangi bosqichi, uning asosiy xususiyatlari, yetakchi yoʻnalishlari hamda badiiy yangilanish tamoyillari ilmiy-adabiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.
References
1. Quronov D. - Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent. Akademnashr 2018 45-47-betlar.
2. Qodiriy A. Oʻtkan kunlar – Toshkent Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot 2014 5-7- betlar.
3. Karimov N. XX-asr òzbek adabiyoti – Toshkent. 2007 112 -118- betlar.
4. Sulton A. Boqiy darbadar – Toshkent. Sharq nashriyoti 2011 23 -26- betlar.
5. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish . Toshkent . Akademnashr 2018 .88-90-betlar.