Abstract
Annotatsiya: Oʻzbek jamiyatining tarixiy rivojlanishida 1920-1935-yillar alohida o‘rin tutadi. Aynan shu davrda o‘zgarishlar, islohotlar va yangiliklar natijasida ijtimoiy tuzum tubdan o‘zgardi, odamlar ongida yangicha qarashlar shakllandi. Ushbu jarayonlar markazida ayollar mavqei ham muhim o‘rinda bo‘ldi. 1920-1935-yillarda Oʻzbekistonda ayollar faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri edi. Bu siyosat an’anaviy jamiyatda hukm surgan gender notenglikni bartaraf etishga, ayol va erkak huquqlarining tengligini qaror toptirishga, ayollarni ijtimoiy va siyosiy-hayotga faol jalb etishga qaratildi. O‘sha yillarda hukmron bo‘lgan patriarxal tuzumning kuchli ta’siri, qadimgi urf-odat va diniy me’yorlarga asoslangan stereotiplar ayollar hayotini cheklab kelgan edi. O‘zbekiston hududida Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan bu sohadagi asosiy vazifalardan biri sifatida ayollar ahvoli va ularning jamiyatdagi mavqeini tubdan yaxshilash maqsadi ilgari surildi.
References
1. Abdullayeva M. O‘zbekistonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligi: tarix va zamon muammolari. Toshkent. 2018. 58-61-b.
2. Islomova D. O‘zbekiston ayollarining siyosiy ishtirokida yangiliklar va muammolar. Jamiyat va siyosat jurnali. 1(5), Toshkent. 2017. 67-74-b.
3. Kamolov U. O‘zbekistonda xotin-qizlar maorifining rivojlanishi // Sovet maktabi. 1974. No1. B. 16-21.
4. Rahimova G. Jadidlar va ayollar masalasi // Adabiy meros. 1992. No1. B. 63-66.
5. Sultonova N. Ayollar huquqlari va jamiyatdagi o‘rni: O‘zbekistondagi tarixiy jarayonlar. Huquqshunoslik jurnali. 4(3). Toshkent. 2012. 112-119-b.
6. Кадирова Х. Б. Главная духовная ценность и личность человека //Фан-наука. – 2015. – №. 1. – С. 29-32.
7. Кадирова Х. Б. Миллий идентиклик ва миллий ўзликни англаш муаммоларини социологик тадқиқ этиш методологияси //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2022. – №. SI-1.