Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimida olimpiya bilimlarining ahamiyati, ularning ilmiy-uslubiy asoslari hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari yoritilgan. Olimpiya harakatining tarixi, olimpiya qadriyatlari, sport etikasi, halol raqobat va yosh avlodni jismoniy hamda ma’naviy jihatdan tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, murabbiylar va sport mutaxassislarida olimpiya bilimlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar va zamonaviy ta’lim metodlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada olimpiya ta’limini takomillashtirish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda sport mutaxassislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. — Toshkent, 2015-yil 4-sentabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. — Toshkent, 2020-yil 24-yanvar.
3. Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. — Toshkent: O‘zDJTI nashriyoti.
4. Usmonxo‘jayev T.S., Xo‘jayev F. Harakatli o‘yinlar. — Toshkent: O‘qituvchi.
5. Salomov R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. — Toshkent: O‘zDJTI nashriyoti.