O‘ZBEK VA YAPON TILIDA SON BILAN BOG‘LIQ EVFEMIK BIRLIKLAR TAHLILI
Yuklab olish|Download|Скачать

How to Cite

Baxromova Nazokat Baxromovna. “O‘ZBEK VA YAPON TILIDA SON BILAN BOG‘LIQ EVFEMIK BIRLIKLAR TAHLILI”. World Scientific Research Journal 55, no. 1 (September 4, 2026): 39–40. Accessed September 5, 2026. https://openresearch-hub.com/index.php/wsrj/article/view/2717.

Abstract

  “Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi. “Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz”. Sh.M.Mirziyoyev

Kitob o‘qiganimizda, o‘zimizning ustimizda ishlagan vaqtimiz beixtiyor til bilan bog‘liq holatlarga duch kelamiz. Tilda xalq tasavvurlari va dunyoqarashining aks etishi tilshunoslik, falsafa kabi fanlarni hamisha qiziqtirib kelgan. Turli xalqlarning o‘zaro aloqalari va insoniyatning ilmiy-madaniy rivojida amaliy jihatdan muhim o‘rin tutgan bu har tomonlama keng va rang-barang faoliyat turi o‘zining nazariy zaminiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham tarjimashunoslikning maqsadi − o‘ziga xos iste’dodga ega tarjimonlar tomonidan amalga oshirilayotgan va turli tillardan o‘girilayotgan har xil sohaga oid rang-barang janrlardagi adabiyotlar tarjimasini o‘z ichiga olgan tarjima jarayonini muayyan yo‘nalish atrofida uyushtirib, uning rejali asosda faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlashdan iborat.Bu tarjima asosida esa so‘zlarning ma’nosini chuqur anglab yetish va chiroyli, samimiy so‘zlardan foydalanib tarjima qilishni talab etadi.

    Evfemizm soʻzi yunoncha  eu-“yaxshi”, phemi-“gapiryapman” soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, ogʻzaki yoki yozma nutqda qoʻllaniladigan, ma’nosi neytral “vazifasi”ga koʻra emotsional boʻlgan soʻz boʻlib, qoʻpol yoki “beodob” soʻzlar oʻrniga qoʻllaniladi.[1]

 

[1] Ismatullayev N. Evfemik vositalarning funksional-uslubiy xususiyatlari. 1997.-B.77.

Yuklab olish|Download|Скачать

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

O‘zbek adabiyotlari

1.Omonturdiyev A.J. Evfemik vositalarning funksional-uslubiy xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi...disc. – Toshkent, 1977. – B. 83.

2.Rafiyev A. Iboralar nutqimiz ko‘rki. – Toshkent: O‘zbekiston, 1985. – 340 b.

Yapon adabiyotlari

3.山口冶彦「第78回死の婉曲表現」記事 2014年6月5日onary.sanseido-publ.co.jp 2ページ

4.中島悦子「婉曲表現を中心として」研究図書室2016年8月155-172ページ

Internet saytlari

5. http://www.natlib.uz (O‘zbekiston Milliy kutubxonasi)

6. https://library.ziyonet.uz/uz

6. http://www.dbpia.co.kr (KR Fanlar Akademiyasining talabalar uchun maxsus sayti)

7. https://natlib.taplink.ws/

8. www.japanzabon.sarkor.uz/information history.htm/