Abstract
Annotatsiya: Tarixiy matnlar xalqning nafaqat siyosiy va ijtimoiy hayotini, balki uning madaniyati, qadriyatlari va dunyoqarashini ham aks ettiruvchi muhim manbalardan biridir. Ushbu matnlar orqali o‘tmish jamiyatining til xususiyatlari, urf-odatlari va ijtimoiy munosabatlarini anglash mumkin. Til esa madaniyatning asosiy tashuvchisi sifatida tarixiy tajribani saqlash va avlodlarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur maqolada tarixiy matnlar asosida til va madaniyatning ma’naviy jihatdan o‘zaro bog‘liqligi tahlil etiladi. Xususan, til birliklarida aks etgan milliy ruh, qadriyatlar, an’analar va dunyoqarash masalalari lingvomadaniy yondashuv asosida yoritiladi. Shuningdek, tarixiy matnlar orqali xalqning ma’naviy merosi, axloqiy qarashlari va ijtimoiy ongining shakllanish jarayonlari ochib beriladi. Tadqiqot natijasida til va madaniyatning uzviyligi jamiyatning ma’naviy taraqqiyotida muhim omil ekani asoslanadi.
References
1. Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi nazariyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012.
2. Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent: Fan, 2010.
3. Yo‘ldoshev B. Til tarixi va diaxroniya. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015.
4. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
5. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: Fan, 2007.
6. Abdurahmonov G‘. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.
7. Hojiyev A. O‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 2011.
8. Tursunov U. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.