Abstract
Annotatsiya. Tizimli vaskulitlar fonida yuz-jag‘ sohasida yuzaga keladigan yiringli-nekrotik asoratlar og‘ir kechishi, to‘qimalarda ishemiya va destruksiya, uzoq davom etuvchi yallig‘lanish, immunosupressiv davolash bilan bog‘liq infeksion xavf hamda jarohat bitishining sekinlashuvi bilan tavsiflanadi. Shu sababli bunday bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiya alohida klinik ahamiyatga ega. Zamonaviy manbalarga ko‘ra, ANCA bilan bog‘liq vaskulitlar kam uchraydigan, ammo hayot uchun xavfli kasalliklar bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i va yuz-jag‘ sohasidagi o‘zgarishlar, ayniqsa granulomatoz poliangiitda, ayrim holatlarda kasallikning ilk belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Shuningdek, immunosupressiya fonida invaziv stomatologik va jag‘-yuz muolajalaridan keyin lokal infeksiya va kechikkan bitish xavfi ortadi.
Tadqiqotning maqsadi tizimli vaskulitlarda yuz-jag‘ sohasidagi yiringli-nekrotik asoratlar bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda kompleks reabilitatsiya dasturining klinik samaradorligini baholashdan iborat bo‘ldi.
Tadqiqotga Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ko‘p tarmoqli klinikasida davolangan 64 nafar bemor kiritildi. Bemorlar ikki guruhga ajratildi: 32 nafar bemorda standart operatsiyadan keyingi olib borish, 32 nafar bemorda esa optimallashtirilgan reabilitatsiya dasturi qo‘llandi. Optimallashtirilgan dastur tarkibiga revmatolog bilan birgalikda immunosupressiv terapiyani muvofiqlashtirish, mikrobiologik monitoring, mahalliy yara parvarishi, oziqlantiruvchi qo‘llab-quvvatlash, erta funksional mashqlar va masofaviy kuzatuv kiritildi.
References
1. Chuhuaicura P, Rodríguez-Niklitschek C, Oporto GH, Salazar LA. Distinct Molecular Mechanisms in Oral Mucosal Wound Healing: Translational Insights and Future Directions. International Journal of Molecular Sciences. 2025;26(21):10660. doi:10.3390/ijms262110660.
2. Chung SA, Langford CA, Maz M, et al. 2021 American College of Rheumatology/Vasculitis Foundation Guideline for the Management of Antineutrophil Cytoplasmic Antibody-Associated Vasculitis. Arthritis & Rheumatology. 2021;73(8):1366-1383. doi:10.1002/art.41773.
3. Day J, Crawshaw H, Lim KW, Pauling JD, Gunawardena H. An Update on Vasculitis for the General Physician. British Journal of Hospital Medicine. 2025;86(3):1-21. doi:10.12968/hmed.2024.0435.
4. Djuraev J.A., Soatov I.O. MET (Tyrosine Kinase Receptor Gene) Gene Polymorphism Among Patients with Chronic Polyposis Rhinosinusitis and Chronic Rhinosinusitis. Klinicheskaya Meditsina (Clinical Medicine), Tashkent Medical Academy Journal, 2023, № 1, pp. 113–116. ISSN 2181-7812. Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan.
5. Djuraev J.A., Soatov I.O., Rakhimjanova G.A., Mardonov Kh.A. Results of a Clinical-Cytomorphological Study Conducted to Identify Different Forms of Chronic Polyposis Rhinosinusitis. Eurasian Journal of Otorhinolaryngology – Head and Neck Surgery, 2024, Vol. 3, Issue 4, pp. 56–61. Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan. DOI: https://doi.org/10.57231/j.ejohns.2024.3.4.0010
6. Djuraev Jamolbek Abdukakhorovich, Soatov Ilyosjon Olim ugli. Comparative Analysis of the Frequency of the MMP9 Gene rs3918242 Polymorphism in a Group of Patients with Chronic Polyposis Rhinosinusitis. Problems of Biology and Medicine, 2024, No. 4 (155), pp. 73–76. Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan. ISSN 2181-7812.
7. Khasanov U.S., Djuraev J.A., Mardonov Kh.A., Soatov I.O., Khodjaeva D.M., Khakimov R.A. Results of Comparative Analysis of TLR4 Gene rs4986791 Polymorphism in the Development of Nasopharyngeal Tonsil Hypertrophy. Eurasian Journal of Otorhinolaryngology – Head and Neck Surgery, 2024, Vol. 3, Issue 4, pp. 23–27. Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan. DOI: https://doi.org/10.57231/j.ejohns.2024.3.4.004
8. Khasanov U.S., Soatov I.O., Khodjanov S.H., Axundjanov N.O., Rakhimjanova G.A. Results of an Analysis of the Prevalence of the rs20417 Polymorphism in the COX2 Gene Among Patients with Chronic Polyposis Rhinosinusitis and Chronic Rhinosinusitis and in the Control Group. American Journal of Medicine and Medical Sciences, 2024, 14(12): 3149–3153. DOI 10.5923/j.ajmms.20241412.13 Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan.
9. Soatov Ilyosjon Olim o‘g‘li, Djuraev Jamolbek Abdukaxarovich. Pathomorphological Structure of Polypoid Tissue of Patients with Chronic Polypoid Rhinosinusitis. Medical Journal of Uzbekistan, 2023, № 2, pp. 59–64. Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan.
10. Soatov Ilyosjon Olim o‘g‘li. Biomarkers and Genotyping in the Development of Chronic Polyposis Rhinosinusitis. Association of Pulmonologists of Central Asia, 2024, pp. 100–103. Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan. ISSN: — (article published in Pulmonologiya Markazi Bulletin, https://tbcenter.uz/)
11. Szczeklik K, Włudarczyk A, Wawrzycka-Adamczyk K, et al. Oral manifestations of granulomatosis with polyangiitis: Clinical and radiological assessment. Journal of Dental Sciences. 2019;14(1):54-60. doi:10.1016/j.jds.2018.10.004.