Abstract
Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, onkologik kasalliklar soni yil sayin ortib bormoqda va ularni samarali davolash zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Radioterapiya usullari, xususan, elektronlar chiziqli tezlatkichlar (LINAC) yordamida amalga oshiriladigan foton nurlanishi orqali davolash keng qo‘llanilmoqda. Bunda nurlanish dozalarini aniq belgilash va nazorat qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayon absolyut dozimetriya yordamida amalga oshiriladi.
Elektronlar chiziqli tezlatkichlarda yuqori energiyali elektronlar tezlashtirilib, maxsus nishonga urilishi natijasida tormozlanish nurlanishi — ya’ni yuqori energiyali fotonlar hosil bo‘ladi. Ushbu fotonlar o‘simta to‘qimalariga yo‘naltirilib, ularni zararlaydi va yo‘q qiladi. Davolash samaradorligi esa berilayotgan dozaning aniqligiga bevosita bog‘liqdir.
References
1. IAEA. Absorbed Dose Determination in External Beam Radiotherapy: TRS-398. Vienna, 2000.
2. Attix F.H. Introduction to Radiological Physics and Radiation Dosimetry. Wiley, 2004.
3. Khan F.M. The Physics of Radiation Therapy. Lippincott Williams & Wilkins, 2014.