Abstract
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, MSCT tekshiruvlari umumiy olganda rentgen tadqiqotlarining 10–15 % ini tashkil qilsada, bemorlar oladigan nurlanish dozasining 40–60 % ini tashkil qiladi. Shu sababli multispiral kompyuter tomografiya (MSKT) dozimetriyasi va sifat nazorati masalasi radiatsion xavfsizlik nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega.
Multispiral kompyuter tomografiya — bu yuqori tezlikda ishlovchi, ko‘p qatorli detektorlar tizimiga ega bo‘lgan, bir vaqtning o’zida bir nechta kesmalar oladigan rentgen tomografiya usuli hisoblanadi. MSKT tekshiruvlarida bemor oladigan o‘rtacha doza tekshiruv turiga qarab farqlanadi: bosh miya tekshiruvlarida 1,5–2,5 mSv, ko‘krak qafasida 5–7 mSv, qorin bo‘shlig‘i tekshiruvlarida esa 8–10 mSv atrofida bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkichlar oddiy rentgenografiyaga nisbatan 5–20 barobar yuqori bo‘lishi mumkin.
References
1. Boone, J. M.. Dose Optimization in CT: Methods and Practical Considerations. Medical Physics, 2013;
2. European Commission. European Guidelines on Quality Criteria for Computed Tomography, 2019;
3. Huda W., Tipnis S., Magill D. CT Dose Measurement and Management. Radiographics, 2010;
4. Jahnke, R. Radiation Dose and Image Quality in Multi-Detector CT: Optimization Strategies. European Radiology, 2015;