Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘qish darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish masalasi pedagogik, psixologik va metodik jihatdan atroflicha yoritilgan. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faqat matnni o‘qib tushunishi emas, balki uni tahlil qilishi, muallif g‘oyasini baholashi, o‘z fikrini asoslab bera olishi ham muhim hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, o‘qish darslari tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun eng qulay fanlardan biri sifatida talqin qilinadi. Maqolada tanqidiy fikrlash tushunchasining mazmuni, uning o‘quvchilarning intellektual rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Tanqidiy fikrlash o‘quvchilarda mustaqil qaror qabul qilish, muammoga turli nuqtai nazardan yondashish, dalillarni solishtirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. O‘qish darslarida matn ustida ishlash jarayonida savol-javob, munozara, klaster, insert, konseptual jadval, “aqliy hujum”, rolga kirish kabi interfaol metodlardan foydalanish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada badiiy va ilmiy-ommabop matnlar asosida ishlash, matn mazmunini tahlil qilish, asosiy va ikkinchi darajali g‘oyalarni ajratish, muallif pozitsiyasini aniqlash hamda o‘quvchining shaxsiy munosabatini bildirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarning didaktik ahamiyati yoritilgan. O‘qish darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish o‘quvchilarning nutqiy faolligini oshirishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishi va ta’lim sifati samaradorligini ta’minlashda muhim omil ekani ta’kidlanadi. Maqola umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, pedagogika yo‘nalishidagi talaba va magistrantlar hamda ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga qiziquvchi mutaxassislar uchun metodik jihatdan foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. Bottomley, J., Maude, K., Pryjmachuk, S., & Waugh, D. Critical Thinking Skills for Your Education Degree (1‑chi nashr). London: Routledge, 2025.
2. Eales‑Reynolds, L.‑J., Judge, B., Jones, P., & McCreery, E. Critical Thinking Skills for Education Students (revised edition). 2025.
3. Research Anthology on Developing Critical Thinking Skills. IGI Global, 2025.
4. Levitin, Daniel J. A Field Guide to Lies: Critical Thinking in the Information Age Viking, 2016.
5. Kahneman, Daniel. Thinking, Fast and Slow. Farrar, Straus and Giroux, 2015
6. Weinberg, Gabriel & Fine, Lauren McGoodwin. Super Thinking: The Big Book of Mental Models. 2019.