BAKTERIYA FERMENTLARI VA ULARNING IDENTIFIKATSIYASINI O’RGANISH
Yuklab olish | Download

How to Cite

Xudoyarova G.N, Musurmonov Kamron, Abdullayev Ogʻabek, and Hazratqulov Maqsudbek. “BAKTERIYA FERMENTLARI VA ULARNING IDENTIFIKATSIYASINI O’RGANISH ”. TADQIQOTLAR 74, no. 2 (November 19, 2025): 224–230. Accessed October 4, 2026. https://openresearch-hub.com/index.php/tad/article/view/382.

Abstract

Bakteriya  hujayrasidagi  barcha  metabolik  jarayonlar  fermentlar  yordamida 
amalga oshadi. Fermentlar biokatalizator sifatida harakat qiladi va odatda oddiy yoki 
murakkab  oqsillardan  tashkil  topgan  bo‘ladi.  Fermentlar  ikki  turga  bo‘linadi: 
ekzofermentlar  va  endofermentlar.  Ekzofermentlar  bakteriya  hujayrasidan  tashqi 
muhitga  chiqarilib,  u  yerda  turli  moddalarni  parchalaydi.  Ba’zi  ekzofermentlar 
bakteriyalarning  oziqlanishi  bilan  bog‘liq,  chunki  ular  oziq  moddalarini  mikrob 
hujayrasi tomonidan so‘rilishi mumkin bo‘lgan shaklga aylantiradi. Endofermentlar 
hujayra ichidagi oziq moddalarining parchalanishi va hujayraning tarkibiy qismlariga 
aylanishida ishtirok etadi.  
Ba’zi  fermentlar  doimiy  ravishda  bakteriya  hujayrasi  tomonidan  sintezlanadi 
(konstitutsiyaviy fermentlar), boshqa fermentlar esa faqat ma’lum bir substrat bilan 
aloqa  qilganda  sintezlanadi  (induktsiyali  fermentlar).  Xususan,  konstitutsiyaviy 
fermentlar  glikolitik  fermentlar  -  glyukoza  oksidlanish  fermentlari  (geksokinaza, 
glyukoza izomeraza, aldolaz va boshqalar). Induktsiyali fermentlar beta-galaktozidaza 
(laktozaning  glyukoza  va  galaktozaga  bo‘linishini  katalizlaydi)  va  beta-laktamaza 
(beta-laktam antibiotiklarini parchalaydi).  

Yuklab olish | Download
Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.