Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan
ta’limni tashkil etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Integratsiyalashgan ta’lim –
o‘quvchilarning turli fanlar bo‘yicha bilimlarini yaxlit holda shakllantirish, mavzular
o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash hamda amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga
xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik yondashuvdir.Maqolada integratsiyalashgan
ta’limning nazariy asoslari, pedagogik afzalliklari hamda boshlang‘ich sinflarda bu
usulni samarali joriy etishning usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, dars jarayonida
interfaol metodlardan, xususan, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
mustahkamlashga xizmat qiluvchi so‘z va matematika o‘yinlaridan foydalanishning
ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘yinli o‘qitish metodlari
bolalarning qiziqishini oshirib, ularning o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada
yaxshilaydi. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish
o‘qituvchilardan zamonaviy metodlarga tayangan holda dars rejalashtirish va turli
fanlar o‘rtasidagi aloqadorlikni samarali tashkil etish ko‘nikmalarini talab qiladi. Shu
sababli, ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda integratsion yondashuvning nazariy va
amaliy jihatlari tahlil qilinib, ularni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Tilakova, M. E. (2024). Boshlang‘ich maktabda integratsiyalashgan ta'limdan
foydalanish integratsiya ta'lim jarayonini qulaylashtirishning muhim prinsiplari
sifatida. Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi, 14(3), 218-222. (pedagoglar)
2. Matupayeva, Sh. Z., & Abdullayeva, D. I. (2023). Boshlang‘ich sinflarda
1. integratsion o‘qitishning pedagogik va psixologik omillari. PEDAGOG, 6(11).
(bestpublication.org)
2. Baamboozle. (2023). Boshlang‘ich sinf uchun so‘z o‘yinlari. Baamboozle.
(baamboozle.com)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.