SHAHARLARNI LANDSHAFT TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Yuklab olish|Download|Скачать

How to Cite

Xoshimova Fazilat Jamshid qizi. “SHAHARLARNI LANDSHAFT TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH”. PEDAGOGS INTERNATIONAL RESEARCH JOURNAL 95, no. 1 (December 15, 2025): 352–354. Accessed November 20, 2026. https://openresearch-hub.com/index.php/ped/article/view/807.

Abstract

Bugungi kunda urbanizatsiya jarayonlarining butun dunyo miqyosida jadallashuvi shahar muhitiga bo‘lgan talablarni tubdan o‘zgartirib bormoqda. Aholi sonining ortishi, transport va sanoat infratuzilmasining kengayishi, ekologik muammolarning jadallashuvi shaharlarni rejalashtirish va landshaft tashkil etishda yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Ushbu sharoitda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish shahar landshaftlarini barqaror, ekologik xavfsiz va estetik jihatdan jozibador tashkil etishning dolzarb yo‘nalishiga aylanmoqda.

Zamonaviy shahar landshafti nafaqat ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar majmuasi, balki inson, tabiat va texnologiya o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi murakkab tizimdir. Bunda ekologik barqarorlik, funksionallik, estetiklik va ijtimoiy qulaylik asosiy mezonlar hisoblanadi. An’anaviy landshaft usullari bugungi kun talablari uchun yetarli bo‘lib qolmay shaharsozlikda innovatsion texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Bugungi kunga kelib shaharlarni landshaft tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning ko’plab turlari amaliyotga tadbiq etilgan bo’lib ular quyidagilarni tashkil etadi:

GIS (Geografik Informatsion Sistemasi)-fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va vizualizatsiya qilish imkonini beruvchi axborot tizimidir. Ushbu texnologiya kartografik ma’lumotlar, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, statistik ko‘rsatkichlar va ekologik ma’lumotlarni yagona platformada birlashtirish orqali hududlar haqida to‘liq va aniq tasavvur hosil qilishga xizmat qiladi. GIS va raqamli modellashtirish texnologiyalari hududni tahlil qilish, yashil zonalarni optimal joylashtirish va landshaft loyihalarining samaradorligini oldindan baholash imkonini beradi. O’zbekistonda GIS texnologiyalarini qo’llash suv tejamkor yashil hududlarni rejalashtirishni, mahalliy iqlimga mos o‘simlik turlari tanlash va “Yashil makon” kabi davlat dasturlarini samarali amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Yuklab olish|Download|Скачать

References

1. Isamuxamedova D. U. Adilova L.A. Shaharsozlik asoslari va landshaft arxitekturasi: 1 qism, darslik / O'zR oily va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi,-Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009

2. Landshaft arxitekturasi/A. Uralov [va boshq.]. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi — T.: Cho‘lpon nomidagi N M IU , 2014.

3. Zokirov I., Islomov B. Geografik axborot tizimlari (GIS) asoslari. — Toshkent: TDTA nashriyoti, 2019.

4. Antrop M. Landscape change and the urbanization process. — Landscape and Urban Planning Journal, 2018.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. — Toshkent, 2021.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.