Abstract
Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy stomatologiyada qo‘llaniladigan kompozit plombalarning asosiy afzalligi — ularning yorug‘lik nuri ta’sirida tez va boshqariladigan polimerizatsiya qilinishidir. Fotopolimerizatsiya jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri optik fizik qonunlarga, xususan, yorug‘likning yutilishi, sochilishi va energiyaning kimyoviy bog‘larga aylanish mexanizmlariga asoslanadi. Polimerning sifatli qotishi klinik mustahkamlik, mikroinfiltratsiyaning kamayishi va uzoq muddatli xizmat kafolati bilan bog‘liq bo‘lgani uchun mavzu stomatologiyada dolzarb hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi: Fotopolimer plombalarning qotish jarayonida yorug‘likning yutilishi (absorbsiya), tarqalishi (dispersiya), chuqurlik bo‘yicha so‘nishi va fotokimyoviy reaksiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni fizik asosda tahlil qilish.
Tadqiqot material va usullari:
Fotoinitsiator kamforxinon (CQ) ning 468 nm to‘lqin uzunligidagi maksimal absorbsiya spektri tahlil qilindi (Rabek, 1972).
LED polimerizatsiya lampalarining 430–490 nm diapazonidagi nurlanishi baholandi (P. F. Heitzman, 1991).
Yorug‘likning modda ichida so‘nishini tavsiflovchi Lambert–Beer qonuni asos qilib olindi (Lambert, 1760; Beer, 1852).
Fotokimyoviy radikal reaksiyalar (boshlanish, o‘sish, to‘xtash) nazariy jihatdan ko‘rib chiqildi (Staudinger, 1920).
Kompozit materiallarning yorug‘lik o‘tkazuvchanligi va dispersiya xususiyatlari solishtirildi (Craig, 2016).

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.