Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada geometriya ta’limida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, xususan GeoGebra dasturining imkoniyatlari, afzalliklari hamda o‘quv jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. GeoGebra interaktiv muhit yaratib, o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash va vizual tushunchalarni shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada GeoGebra dasturining foydalanuvchiga matematik tushunchalarni vizual tarzda ko‘rsatish imkoniyatlari, masalalarni aniq va tez hal qilish imkoniyatlari, shuningdek, matematik modellarni yaratishdagi yordamchi funksiyalari keltiriladi. Dastur o‘qituvchilarga va talabalarga matematikani o‘rganish va o‘rgatishda vizualizatsiya, interaktiv tajriba va real vaqt rejimida tahlil qilish imkoniyatlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, GeoGebra dasturining ta'lim jarayonidagi ahamiyati va uning matematik ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi rolini o‘rganish muhimligi ko‘rsatilgan.
References
Hohenwarter M., Hohenwarter J. GeoGebra: Dynamic Mathematics for Everyone. International Journal of Technology in Mathematics Education.
Kaput J. Technology and Mathematics Education: Theories, Models, and Research. Cambridge University Press.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Matematika va informatika o‘qitish metodikasi. Toshkent, 2020.
GeoGebra International Community. Official Documentation and Teaching Materials.
Mavlonov X., Yo‘ldoshev A. Geometriya fanini o‘qitishda AKTdan foydalanish metodlari. Toshkent, 2019.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.