Abstract
Annotatsiya: Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o‘rnini, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to‘laroq ochish uchun “men”, “ong”, “shaxs”, “ruh” tushunchalari qo‘llanadi. “Men”- insonning o‘zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. “Men” ong tufayligina o‘zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo‘lib tuyuladi. Shaxs insonning mustaqilligini ifoda etadi.
Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Inson shunday murakkab va ko‘pqirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma’nodosh bo‘lsa ham, bir- biridan farqlanadi.
Inson — o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos.Inson boshqa mavjudotlardan sostial xususiyatlari bilan ajralib turadi.Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish,taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, axloq,nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va ta’qiqlash) shular jumlasidandir.
References
1. Xaitov, Lazizbek.Falsafa [Matn] : o‘quv qo‘llanma / L. Xaitov .- Buxoro: “BUKHARA HAMD PRINT” nashriyoti, 2023. - 396 b
2. Scheler, M. The Human Place in the Cosmos. Northwestern University Press, 1928.
3. Aristotel. Politika. Yunon faylasuflari asarlari to‘plami, klassik nashrlari
9. Forobiy. Falsafa asarlari va ijtimoiy nazariyalar. O‘zbekiston nashrlari

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.