O‘QITUVCHI–O‘QUVCHI MUNOSABATLARINING AKADEMIK NATIJALARGA TA’SIRI
Yuklab olish|Download|Скачать

How to Cite

Vaxabova Sojida Sulton qizi. “O‘QITUVCHI–O‘QUVCHI MUNOSABATLARINING AKADEMIK NATIJALARGA TA’SIRI”. PEDAGOGS INTERNATIONAL RESEARCH JOURNAL 94, no. 1 (November 20, 2025): 19–21. Accessed August 11, 2026. https://openresearch-hub.com/index.php/ped/article/view/418.

Abstract

Ta'lim tizimi barcha jamiyatlarning taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli kechishida muhim omillardan biridir. Ushbu munosabatlar, o‘qituvchining pedagogik mahorati va o‘quvchining motivatsiyasi o‘rtasidagi samarali aloqalarni shakllantirishi, ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli va samarali rivojlanishiga yordam beradi. O‘qituvchining roli faqat bilim berish bilan cheklanmaydi, balki o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi to‘g‘ri aloqalar, o‘zaro hurmat, ishonch va muloqot samarali o‘qitish va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini ta’minlashda muhim omil bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni bir necha turlarga ajratish mumkin: pedagogik munosabatlar, emotsional munosabatlar va ijtimoiy munosabatlar. Pedagogik munosabatlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bilim almashish jarayonini tashkil etadi. Emotsional munosabatlar o‘qituvchi o‘quvchilarning his-tuyg‘ulari, ehtiyojlari va qiziqishlariga e’tibor qaratadi, bu esa o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va o‘quv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy munosabatlar esa o‘qituvchi o‘quvchilarga jamiyatda o‘rin topish, axloqiy va ijtimoiy qoidalarga amal qilishni o‘rgatadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali munosabatlarni rivojlantirish uchun bir qator omillar muhim ahamiyatga ega. Ishonch va hurmat ta’lim jarayonining samarali bo‘lishiga ta’sir qiladi. O‘quvchilarning o‘qituvchiga bo‘lgan ishonchi va hurmati o‘quvchilarning o‘qish faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi. Samarali kommunikatsiya o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ochiq, samimiy va o‘zaro tushunishga asoslangan aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi. Bu o‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga va o‘zining rivojlanishiga yordam beradi. Motivatsiya o‘qituvchining o‘quvchini qiziqtirishi va unga o‘z maqsadlariga erishish uchun undash zarurligini ko‘rsatadi. Motivatsiya o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga faol ishtirok etishiga va o‘z bilimlarini rivojlantirishga undaydi.[1]

 

[1]

Yuklab olish|Download|Скачать

References

1.Dilbar.D MARKAZIY OSIYO ILMIY TADQIQOTLAR AKADEMIK JURNALI CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH 202. 244 BET

2.Ortiqov.A.X“PEDAGOGS” international research journal March-2024 57-58bet

3.Avezova S.A “Oʻzbekistonda yangi uygʻonish –Uchinchi Renessans: ilm-fan taraqqiyotida yoshlarning o‘rni” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Ilm-fanziyosi” xalqaroilmiy-amaliyko‘riktanlovi 164-165bet

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.