Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ijtimoiy-pedagogik zarurati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim mazmuni, shakllari, metodlari va didaktik vositalarini takomillashtirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni ochib berilgan. Milliy ta’lim modelining asosiy tarkibiy qismlari — shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik nuqtayi nazaridan raqamli ta’lim muhitining imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda raqamli savodxonlik va raqamli ko‘nikmalarning mazmuni, pedagoglarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish, masofaviy, mustaqil va aralash ta’lim shakllaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, onlayn ta’lim materiallari, interfaol va vizual resurslar, raqamli ta’lim platformalari, LMS, vebinarlar, elektron portfolio, multimediaviy kontent va masofaviy ta’lim vositalarining pedagogik imkoniyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijasida raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga maqsadli va tizimli integratsiya qilish o‘quvchilarning faolligi va mustaqilligini oshirish, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash hamda ta’lim sifatini takomillashtirishning muhim sharti ekanligi asoslangan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi. Ta’lim to‘g‘risida: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637-son Qonuni. – Toshkent, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar. – Toshkent, 2022.
3. Usmanboeva M.X. va boshq. Ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar. – Toshkent, 2016.
4. Nurmatova Nargiza Saidovna. Research components in school education // International journal of artificial intelligence ISSN: 2692-515-x, Impact Factor: 9.23 American Academic publishers, volume 6, issue 02,2026. Journal: https://www.academicpublishers.org/journals/index.php/ijai
5. Umarova Z.A. Talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar // Raqamli ta’lim texnologiyalari. – Toshkent, 2024. – B. 53–56.
6. Nilufar Yuldasheva Abdullayevna, Bekturdiyev Sanjarbek Sharifboyevich, Nurmatova Nargiza Saidovna, G‘ofurova Muxlisa G‘ulom qizi // Umumiy o‘rta ta’lim tizimida pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning muqobil va raqamli shakllari // “Raqamli infratuzilmani joriy etish: muammo va innovatsion yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman Toshkent 2026 19-20 - fevral. 677-681 betlar.
7. Qurbonova M.F. Individual ta’lim – innovatsion o‘qitish usuli // Academic Research in Educational Sciences. – 2023. – Vol. 4, №3. – B. 394–399.
8. Yaxiyaxonova Muhiba. Raqamli ta’lim muhitida sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari // Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar. – 2025.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.