Abstract
Annotasiya: Antibiotiklar (anti-qarshi va bios-hayot) — baʼzi mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikro-blarning oʻsishi hamda rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi taʼsir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha taʼsir etadi. Masalan; bir antibiotik maʼlum bir mikrobga kuchli taʼsir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz taʼsir qiladi yoki butunlay taʼsir qilmaydi; Antibiotiklarning koʻpchiligi faqat mikroblarni emas, balki odam, hayvon va oʻsimlik organizmini (toʻqima va hujayralarini) ham yemiradi. Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va oʻsimlikshunoslikda uning faqat zararli mikroblarni oʻldiradigan, ammo odam, hayvon va oʻsimlik organizmini yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi.
References
1.Antibiotiki i antibioz v sel-skom xozyaystve, M., 1981.Oʻzuv Zokirov, Abdurahim Hakimov.
2.Goodman & Gilman's The Pharmacological Basis of Therapeutics — antibiotiklarning farmakologik xususiyatlari haqida asosiy manba.
3.Katzung & Trevor's Basic and Clinical Pharmacology — antibiotiklarning ta’sir mexanizmi va klinik qo‘llanilishi.
4.Medical Microbiology by Murray, Rosenthal, and Pfaller — mikroorganizmlar va antibiotiklarga sezuvchanlik haqida.
5.Jawetz, Melnick & Adelberg’s Medical Microbiology — bakteriyalar va antibiotiklar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir.
6.World Health Organization rasmiy ma’lumotlari — antibiotik rezistentligi va global muammolar bo‘yicha.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.