Abstract
Annotatsiya: Maqolada Qirg‘iziston Respublikasining “aqlli” sud tizimi, uning tarkibiy qismlari (sot.kg, act.sot.kg, AIS “Sot”) hamda ushbu tizimning huquqiy va texnik asoslari atroflicha yoritilgan. Tizimning “mikroservis” yondashuvi asosida qurilgani, kiberxavfsizlik choralari va “Tunduk” idoralararo ma’lumot almashish tizimi orqali boshqa davlat organlari bilan integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning sud jarayonlaridagi o‘rni, onlayn mediatsiya va elektron ijro varaqalarining afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola yakunida Qirg‘iziston tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston sud tizimini rivojlantirish uchun “Aqlli yordamchi”, Blokcheyn va “Hukumat buluti” (G-Cloud) kabi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq tashkiliy, huquqiy va texnik takliflar ilgari surilgan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
I. Normativ-huquqiy hujjatlar
1. Qirg‘iziston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2. Qirg‘iziston Respublikasining “Sudyalar maqomi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni.
3. Qirg‘iziston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi.
II. Davlat maqsadli dasturlari
4. 2019–2022-yillarda Qirg‘iziston Respublikasi sud tizimini rivojlantirish davlat maqsadli dasturi.
5. 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan Qirg‘iziston Respublikasi sud tizimini rivojlantirish davlat maqsadli dasturi.
III. Rasmiy elektron platformalar va axborot tizimlari
6. Qirg‘iziston Respublikasi sudlarining rasmiy axborot portali – sot.kg.
IV. Xalqaro tashkilotlar materiallari
7. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Xalqaro taraqqiyot huquqi tashkiloti (IDLO) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Qirg‘izistonda sudlovni raqamlashtirish loyihalari bo‘yicha hisobotlari.
V. Ilmiy adabiyotlar va maqolalar
8. Semenov N. S. Legal problems of establishing information relations in the electronic justice of the Kyrgyz Republic // Вестник Кыргызско-Российского Славянского университета. – 2022. – Т. 22. – №. 3. – С. 104-110. (DOI: 10.36979/1694-500X-2022-22-3-104-110).

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.