Abstract
Annotatsiya: So‘nggi yillarda shampinyon yetishtirishga bo‘lgan qiziqish ortib
bormoqda. Buning asosiy sababi — bu ishni katta yer maydoni, murakkab texnika yoki
katta mablag‘ talab qilmagan holda boshlash mumkinligi. Ko‘pchilik odamlar
shampinyonni yerto‘la, ombor yoki kichik xonalarda ham yetishtirish mumkinligini
bilib, bu ishni oddiy va amaliy deb hisoblamoqda. Shuningdek, shampinyon qisqa
muddatda hosil berishi, yilning istalgan faslida o‘stirilishi va bozorda doimiy talabga
ega bo‘lgani uchun ko‘p insonlar uni kichik biznes sifatida ko‘rmoqda.
Insonlarning yana bir qiziqish sababi — shampinyonning foydali va sog‘lom oziq-
ovqat mahsuloti ekanligi. Unda oqsil, vitamin va minerallar ko‘p bo‘lgani uchun
oilaviy iste’molga ham foydali. Uni uyda yetishtirish orqali insonlar tabiiy, toza va
xavfsiz mahsulotga ega bo‘lishni istaydilar. Bundan tashqari, shampinyon pestitsidsiz,
ya’ni kimyoviy dorilarsiz o‘stirilishi mumkin, bu esa ekologik sog‘lom mahsulot
izlayotganlar uchun muhim omil hisoblanadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Toshpoʻlatov.M.A, Xudoyqulov B.R (2018)
2. "Qoʻziqorin yetishtirish asoslari"
3. Sultonov.A (2020)
4. "Sabzavotchilik va issiqxonachilik asoslari"
5. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti(WHO) hisobotlari (2021-2023)
6. Singh.M, and Sharma,S.R (2020)
7. Oʻzbekiston Resbublikasi Qishloq Xoʻjaligi Vazilligi (2022)