Abstract
2020 yil 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”
Qonuni qabul qilindi. Qonunda ta’lim olish shakllarida inklyuziv ta’lim kiritildi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami masalalari har qanday jamiyatda muhim
muammolarni biri sifatida egallab kelganini kuzatamiz. Inklyuziv ta’lim – bu asosiy
maktablarda alohida ehtiyojli bolalarni o‘qitish jarayonini tavsiflash uchun
ishlatiladigan atama. Shu jumladan ularning taʼlim-tarbiya olish jarayonini sifatli
tashkil etish, isloh qilib borish, dolzarb masalalardan biridir. Jamiyatda moddiy,
ma’naviy, huquqiy himoyaga muhtoj bo’lgan bolalar bilan bir qatorda, alohida ta`lim
ehtiyojlari ega bo`lgan bolalar ham boshqa sog`lom tengdoshlar qatori jamiyatga
bemalol moslashib, yaqinlari yordamiga muhtoj bo’lib qolmasligi uchun
mamlakatimizda joriy qilingan ta`limning barcha turlarini o’rni beqiyos hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son
qarori va unga ilova qilingan “2020-2025 yillarda xalq ta`limi tizimida inklyuziv
ta`limni rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilindi. Konsepsiyaning 20-moddasi
(Inklyuziv ta`lim), 55-moddasi Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari
bo`lgan bolalarni (shaxslarni) o`qitish hamda tarbiyalash va 56-moddasi (Ijtimoiy
reabilitatsiyaga muhtoj bo`lgan bolalarni (shaxslarni) o`qitish va tarbiyalash)da alohida
ko`makka muhtoj bolalar ta`lim-tarbiyasiga qaratilganligi, inklyuziv ta`lim muhiti
sharoitida kasbiy faoliyatni rivojlantirsh zaruriyatini taqazzo etadi. 1
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. Шoмaхмудoвa, Р. Ўзбeкистoндa мaхсус вa инклюзив тaълим.– Т.: Чaшмa
принт.2011– 128 б.
2. ”Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari” xalqaro
ilmiy amaliy konferensiya materiallar to’plami. Toshkent shahri -2011 yil 26 mart
3. Madatov I.Inklyuziv ta’lim. Darslik.Fan va ta’lim.-2024.T BEST-PUBLISH
4. Kaxarova D.S. Inklyuziv taʼlim texnologiyasi. Monografiya. – T.: «Fan va
texnologiya», 2014. – 192 b.