Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida ingliz tili o‘qitishning zamonaviy metodlarini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv davrida chet tillarini, xususan ingliz tilini erta bosqichdan o‘rgatish ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish hamda ularni xalqaro maydonga tayyorlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar –kommunikativ yondashuv, CLIL (Content and Language Integrated Learning), interfaol metodlar, rag‘batlantiruvchi o‘yinlar, hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning samaradorligi ilmiy asosda ochib beriladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos metodik yondashuvlar, o‘quv jarayonida motivatsiyani oshirish yo‘llari, nutqiy faollikni rivojlantirish strategiyalari hamda dars jarayonida o‘qituvchi shaxsining pedagogik mahorati bilan bog‘liq omillar yoritilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichida” nomli ma’ruzasi. –Toshkent, 2023.
2. Sh.M. Mirziyoyev. “Yoshlarimizni chet tillarini puxta o‘rganishga keng jalb etish – davr talabi”. –Prezidentning 2021-yil 6-maydagi videoselektor yig‘ilishidagi nutqi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. –2021-yil 19-may, PQ–5117-son.
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanma”. –Toshkent, 2022.
5. Karimova, N. (2021). Innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularning chet tillar ta’limidagi o‘rni. –Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy jurnali, №3.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.