Abstract
Anotatsiya: Ushbu maqola uchinchi bosh miya nervi — okulomotor nerv
falajining kelib chiqish sabablari, klinik ko‘rinishlari, patofiziologik mexanizmlari
hamda davolash tamoyillariga bag‘ishlanadi. Okulomotor nerv ko‘z harakatlari,
qovoqni ko‘tarish funksiyasi va qorachiqning yorug‘likka javob reaksiyasini
boshqaradi. Ushbu nervning shikastlanishi bola va kattalarda ko‘rish funksiyasining
sezilarli buzilishiga, ikki ko‘rish, qovoq tushishi, ko‘z koordinatsiyasining izdan
chiqishi va ko‘rish darajasining pasayishiga olib keladi. Maqolada okulomotor nerv
falajining asosiy etiologik omillari sifatida infektsiyalar, o‘smalar, travmatik
shikastlanishlar, metabolik kasalliklar hamda tug‘ma anomaliyalar ko‘rib chiqiladi.
Kasallikning klinik belgilarini erta aniqlash, o‘z vaqtida tekshiruvlardan o‘tkazish va
aniq tashxis qo‘yish davolash samaradorligini oshiradi. Shuningdek, maqolada
zamonaviy davolash yondashuvlari: dori-darmonlar bilan terapiya, jarrohlik
aralashuvlar, fizioterapiya muolajalari va reabilitatsiya usullari keng yoritilgan.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, okulomotor nerv falajining erta tashxisi
hamda to‘g‘ri davolash choralari ko‘rish qobiliyatini tiklash va asoratlarni
kamaytirishda juda muhimdir.
References
Adabiyotlar roʻyxati
1. Ахмедов А. Неврология асослари. – Тошкент: Istiqlol, 2019. – 265 б.
2. Жўраев Р., Абдувалиев Б. Болаларда неврологик касалликлар. – Тошкент: Fan,
2021. – 312 б.
3. Усмонов Қ. Клиник анатомия ва неврофизиология. – Самарқанд: Zarafshon,
2018. – 280 б.
4. Miller N.R., Newman N.J. Walsh & Hoyt’s Clinical Neuro-Ophthalmology. – USA:
Lippincott, 2016. – 1240 p.
5. Brazis P.W. Localization in Clinical Neurology. – New York: Wolters Kluwer,
2018. – 510 p.
6. Kline L.B., Bajandas F.J. Neuro-Ophthalmology Review Manual. – New York:
Springer, 2020. – 420 p.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.