BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MANTIQIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA MANTIQIY MASALALAR USTIDA ISHLASH
Yuklab olish | Download

Keywords

Tayanch so‘zlar: mantiqiy fikrlash, masala, matematika, muammoli vaziyat, masalalr ustida ishlash, ijodiy tafakkur, metod, o‘quvchi, o‘qituvchi.

How to Cite

Xakimova Nargiza Bahodirovna, and Mansurova Mohlaroyim Muhammadjon qizi. “BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MANTIQIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA MANTIQIY MASALALAR USTIDA ISHLASH ”. TADQIQOTLAR 74, no. 3 (November 20, 2025): 71–74. Accessed June 7, 2026. http://openresearch-hub.com/index.php/tad/article/view/425.

Abstract

Annotatsiya: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish 
bugungi ta’lim tizimida eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki mantiqiy 
fikrlash nafaqat matematika fanida, balki kundalik hayotiy muammolarni hal qilishda 
ham  katta  ahamiyatga  ega.  Ushbu  maqolada  mantiqiy  fikrlashni  rivojlantirishning 
nazariy asoslari, metodlari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va masalalar yechish 
orqali uni shakllantirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. 

Yuklab olish | Download

References

73

ISSN:3030-3613

6. Bir uchburchakning uchta burchagini kesib tashlasak, nechta burchak hosil bo‘ladi?

Javob: 6 ta.

Yuqoridagi kabi misol va masalalar yechish orqali o’quvchilar tafakkuri obrazli

tafakkurdan abstrakt tafakkurga almashadi. O’quvchilar bir nechta variantlarni

o’ylaydi, taqqoslaydi va ularning o’xshash va farqli tomomlarini aniqlash orqali eng

maqbul yechimni topadilar.

Zamonaviy metodlar

O‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun quyidagi metodlar

samarali hisoblanadi:

 “Kichik tadqiqotchi” metodi – o‘quvchi o‘zi masala tuzadi va yechim topadi.

 “Qiziqarli suhbat” metodi – savol-javob orqali mustaqil fikrlashni

rag‘batlantiradi.

 “Rayting” metodi – o‘quvchilarning fikrlarini yozma shaklda ifodalashga

yordam beradi.

 O‘yin va vizual metodlar – grafik, rasmli va interaktiv topshiriqlar orqali

qiziqishni oshiradi.

Zamonaviy yondashuvlar bilan boyitish

Bugungi kunda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda STEAM ta’limi (Science,

Technology, Engineering, Art, Mathematics) konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb

etmoqda. Masalalarni yechishda matematika bilan birga texnologiya, muhandislik va

san’at elementlarini qo‘shish o‘quvchilarda keng qamrovli tafakkurni shakllantiradi.

Shuningdek, raqamli ta’lim vositalari – interaktiv dasturlar, onlayn platformalar va

mobil ilovalar orqali mantiqiy masalalarni yechish o‘quvchilarning motivatsiyasini

oshiradi.

Xulosa

Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy masalalardan foydalanish o‘quvchilarning

fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil va ijodiy yechim topish ko‘nikmalarini

shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon nafaqat matematik savodxonlikni

oshiradi, balki hayotiy vaziyatlarni to‘g‘ri tahlil qilish va ularga mos yechim topish

qobiliyatini ham kuchaytiradi.

Shu bois, ta’lim jarayonida mantiqiy masalalardan samarali foydalanish, zamonaviy

metodlar va raqamli vositalar bilan boyitish boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirishda

muhim omil hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Vygotskiy, L. S. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi. Moskva:

Pedagogika, 1986.

2. Davletshin, M. R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini

rivojlantirish usullari. Pedagogik tadqiqotlar jurnali, 3(2), 45-60, 2020.

3. Piaget, J. The Origins of Intelligence in Children. New York: International

Universities Press, 1952.

4. Muminov, A. Matematika va mantiq fanlari orqali bolalarning fikrlash

qobiliyatini shakllantirish. Toshkent: Xalq ta’limi vazirligi.

5. Shodmonqulov, S. O‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda

innovatsion yondashuvlar. O‘zMU Ilmiy axborotnomasi.

6. 4-sinf matematika darsligi, 2-qism. “Aralash kasrlarni qo‘shish”, 2023.

7. Usmonova, M. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash va tahlil

qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.