Abstract
Annotatsiya: Zamonaviy ta'lim tizimi bugungi kunda jahonda yuz berayotgan
chuqur texnologik, ilmiy va madaniy o‘zgarishlar sharoitida uzluksiz rivojlanishga
intilmoqda. Bu o‘zgarishlar natijasida ta'limga bo‘lgan talablar ham, ta'lim metodlari
ham tubdan yangilanishni talab qilmoqda. Ana shunday zamonaviy ta'lim
yo‘nalishlaridan biri, bu – STEAM ta'limidir. STEAM qisqartmasi ingliz tilidagi
Science (fan), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art (san’at),
Mathematics (matematika) so‘zlarining bosh harflaridan tashkil topgan. STEAM
ta'limi har bir davlatda jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy rivojlanish va ilmiy yutuqlarga
asos bo‘ladigan ilg‘or yo‘nalishlardan biri sanaladi. Ma'naviy va intellektual
taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyoj, zamonaviy texnologiyalarning hamda innovatsion
yondashuvlarning rivoji, ta'lim sohasida ham yangi metod va metodikalarning yuzaga
kelishiga sabab bo‘ldi. STEAM ta'limining asosiy maqsadi yoshlarda tanqidiy fikrlash,
muammoni hal qilish, ijodiy yondashuv kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Bu metod sog‘lom va faol jamiyat qurishda ham, iqtisodiy rivojlanishga erishishda ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdug‘aniyeva, M. (2018). “Zamonaviy ta’limda innovatsion texnologiyalarning
o‘rni”. Pedagogik ta’lim, 2(5), 80-87.
2. Abdurahmonov, S. (2021). “STEAM yondashuvini boshlang‘ich ta’lim tizimiga
joriy etish tajribalari”. O‘zbekiston pedagogikasi, 5(3), 102-109.
3. Axmedova, N. (2020). “STEAM pedagogikasi va kreativ tafakkurni rivojlantirish
usullari”. Ilm va taraqqiyot, 4(2), 148-154.
4. Bozorov, Sh. (2020). “STEAM ta’limining zamonaviy tendensiyalari va
istiqbollari”. Zamonaviy ta’lim muammolari, 6(1), 77-83.
5. G‘aniyeva, Z. (2019). “STEAM yondashuvi asosidagi dars jarayoni
samaradorligi”. O‘zbekiston maktabi, 4(7), 45-51.
6. Jalolova, M. (2019). “STEAM ta’lim modelini joriy etishning ahamiyati”.
O‘qituvchi, 3(2), 29-35.
7. Karimov, U. (2021). “Ta’limda zamonaviy texnologiyalar va STEAM
elementlari”. Yosh olim, 2(4), 60-65.
8. Mahmudova, D. (2018). “STEAM ta’limining bolalar ijodkorligiga ta’siri”. Ilm-
fan va amaliyot, 3(3), 110-116.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.